Erining yozishmalarini o‘qigan ayol deportatsiya qilinadi

Сурат манбаси, AP
Birlashgan Arab Amirliklari mahkamasi erining shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda aybdor topilgan ayolni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror bergan.
Bundan tashqari mahkama ayolga 40 ming dollar jarima ham tayinlagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, erini xiyonat qilayotganlikda shubhasi bo‘lgan ayol uning mobil telefonidagi yozishmalarini kuzatib borgan va suratlaridan nusxa olgan.

Сурат манбаси, Getty
Xotinining harakatidan xabar topgan er bu haqda mahalliy hukumatga shikoyat qiladi. Ayolni kiberjinoyat haqidagi qonunni buzganlikda mas‘uliyatli deb topganlar. Qonun mamlakat fuqarolarining shaxsiy hayotlarini himoyalaydi.
Xabarlarga ko‘ra, mahkamaga yuz tutgan ayol BAA ning fuqarosi emas, bundan tashqari unda birorta arab davlatining ham pasporti yo‘q, bo‘lganida jazo yengilroq berilishi mumkin edi.
BAA boshqa arab davlatlaridan farqli tarzda, ayollarga nisbatan erkinliklar bor. Misol uchun, Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar hukumat idoralarida ishlay oladilar, mashina haydash huquqi ham taqiqlanmagan. Biroq xorijlik ayolga boshqa arab davlatlari kabi amirlikda ham oson bo‘lmaydi, ayniqsa qonunni buzganida.
Reyter agentligiga binoan, 2013 yilda BAA ayollarning huquqlarini himoya qilish darajasi bo‘yicha 22 arab mamlakatlari orasida 10 o‘rinni egallagan. Agentlikka ko‘ra, Amirlik jinsiy tenglik darajasida dunyoda 148 mamlakat ichida 109 o‘rindadir.
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring
























