Saudiyalik ayollar: "Avtomobil boshqarishga izn bering!"
Internetda Saudiya Arabistonilik bir necha ayolning avtomobil boshqarayotgani aks etgan videolavhalar paydo bo‘lgan. Saudiyalik ayollar mashina haydashlariga qo‘yilgan taqiqqa qarshilik ko‘rsatishmoqda.
Ichki ishlar vazirligi faollarga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘ysunmaganlar jazolanishi mumkinligi haqida eslatgan.
Norozilik kampaniyasi tashkilotchilari esa, barcha ayollar, qolaversa erkaklarni ham Saudiya Arabistonidagi mazkur taqiqni bekor qilish chaqirig‘iga qo‘shilishga undashgan.
Bu bilan mamlakatda uchinchi bor ayollar avtomobil boshqarishlari ma‘n etilishiga qarshi norozilik kampaniyasi kuzatilmoqda.
Ilk bor bundan 20 yil oldin xuddi shunday noroziliklar tashkil qilingan, ishtirokchilar hibs qilingan va yo ishlaridan ajralgan edilar.
Arab masalalari bo‘yicha BBC muharriri Sebastyan Asher tayyorlagan lavha.
























