"TeliaSonera ishi O‘zbekistonga bog‘liq yagona shubhali ish emas"

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 17:01 GMT

Shved jurnalistlariga ko‘ra, "TeliaSonera" O‘zbekistondagi modalar uyi sohibi va pop yulduz kabi biznes hamkorlari shubhali ekanini bilgan.

Shved xabar agentligi muxbiri Shvetsiyada joylashgan Skandinaviyaning yirik TeliaSonera mobil shirkati va O‘zbekicton o‘rtasidagi oldi-berdilar "muntazam ravishda" sodir bo‘lgan holatning bir qismi ekanini oshkor qilishgan.

Shved jurnalistlari O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan shaxslar ko‘p millionli xalqaro mobil sharkatlaridan boyishgan, deya davo qilishmoqda.

Ular qo‘lga kiritgan hujjatlarda Rossiyaning "Vimpelkom" kompaniyasida yirik hissaga ega bo‘lgan Norvegiyaning "Telenor" shirkati ham Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan shaxslarga tegishli "Takilant" shirkati bilan birga hamkorlik qilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.

BBC shvetsiyalik jurnalist Ola Vesterberg bilan bog‘lanib, undan "TeliaSonera" shirkati va O‘zbekiston tomoni o‘rtasidagi "muntazam" oldi-berdi nimalarda namoyon bo‘lishini so‘radi.

Vesterberg: Biz o‘tkazgan jurnalistik tekshiruv jarayonida "TeliaSonera" shirkatining o‘zbek tomoni bilan oldi-berdisi shaffof bo‘lmaganini, Karimov rejimiga yaqin bo‘lgan shaxslar xalqaro mobil telekom sohasining kamida uch shirkatidan boyishganini aniqladik. Ya‘ni, bu shaxslar xalqaro sarmoyalarni O‘zbekistonga kiritishda muntazam ravishdagi tizimni o‘rnatganlar. Bizning tadqiqotimizga ko‘ra, "TeliaSonera"ning biznes sherigi - "Takilant" Rossiyaning boshqa, "Vimpelkom" nomli yirik mobil telefon kompaniyasining ham sherigi bo‘lgan, ya‘ni Rossiya va Norvegiya o‘rtasidagi qo‘shma korxonaning hissadori bo‘lgan. Norvegiya hukumati Telenor shirkatida ellik foizdan ortiq hissalarga ega. Uchinchi hol, bu Rossiyaning "MTS" shirkati bilan bog‘liq. 2004 yilda "MTS" "Uzdunrobita" shirkatini sotib olganida, o‘zbek tomonidan "Swissdorn" deb nom berilgan shirkat keyinchalik MTSga sotish sharti bilan "Uzdunrobita" hissalarining 26 foizini sotib olgan. Shunisi qiziqki , "Swissdorn"ning rasman ro‘yxatdan o‘tgan manzili Gibraltardagi "Takilant" shirkatining manzili bilan bir xil. Soliqlardan xoli bo‘lgan Gibraltardagi "Swissdorn" shirkatining rahbari deb Rustam Madumarov ko‘rsatilgan. U, ishonishlaricha, Gulnora Karimovaning eng yaqin odamlaridan bo‘lib, "Dado" pop-guruhining musiqachisidir. Ya‘ni, u telekom biznesini boshqarish uchun mos shaxs emas.

BBC: Lekin, qo‘lingizda kuchli, ishonchli dallilar bormi? Siz bunday iddaolarni o‘rtaga tashlashdan oldin qanday dallilarga ega bo‘ldingiz?

Vesterberg: Bu iddaolar emas, nazarimda. Biz xorijiy shirkatlar O‘zbekistonda biznes bilan shug‘ullanayotganlarida ular bilan ishlaydigan muntazam faoliyat yurg‘izuvchi tizimni aniqladik. Bu bir necha holda ko‘rinadi. Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan shaxslar Gibraltarda kichik bir pochta manziliga ega bo‘lib, biznes yuritishgan. Biz qo‘lga kiritgan yangi hujjatlarda kimlar qaysi shirkatlarga egalik qilayotganlari aks etgan. Har qanday kishi shirkatlarning yillik hisobotlarini ko‘zdan kechirib, kim va qaysi shaxs yoki shirkat ortida nima yoki kim turganini tushunishi mumkin. Biz "Vimpelkom"ning yillik hisobotida aniq-taniq nomi yozib qo‘yilgan "Takilant" shirkati hamda "Swissdorn" kompaniyasining "hissadorlar"i ro‘yxatini ko‘lga kiritdik.

BBC: Lekin, bu harakatlarda siz qanday kriminal jihatlarni ko‘rdingiz? Ya‘ni, ekspertlar bu oldi-berdilarni qanday baholashyapti?

Vesterberg: Albattaki, mahkama o‘zining hukmi yo qarorini chiqarmagan. Va biz jurnalist sifatida faktlarni topib, ularni tahlil qilib, o‘z faoliyatimizni yuritayapmiz, xolos. Biroq korruptsiya ishlarida anchagina tajriba ortgan sobiq tergovchi, hozirda ekspert Lars Xammarning aytishicha, bunday "faoliyat"ning muntazam ravishda sodir bo‘lgani katta shubhalarni uyg‘otadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "TeliaSonera"ning O‘zbekistonda hamkorlik qilmoqchi bo‘layotgan sherigi borasida shubhalari bo‘lgan bo‘lsa ham, "TeliaSonera" gardkam ish ko‘rishga qaror bergan, degan tasavvur hosil bo‘lishi mumkin.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.