Сўнгги янгиланиш 15 август 2011 - 10:55 GMT

Misr sobiq prezidenti Muborak ustidan mahkama qayta boshlandi

Qohirada sobiq prezident Husni Muborak ustidan mahkama o‘z ishini qayta boshladi.

Husni Muborak korruptsiya va shu yil boshlarida ro‘y bergan norozilik chiqishlari qatnashchilarini o‘ldirishga buyruq berganlikda ayblanmoqda.

Sog‘lig‘i yomonlashgan janob Muborak mahkamaga harbiy tikucharda va kasalxona aravachisida olib kelindi.

Bemorlar kiyimidaga Husni Muborakni mahkamaga olib kirar ekanlar o‘g‘li Ala televizion kameralarni to‘sishga uringan.

Shu oy boshlarida mahkamaning dastlabki majlisida janob Muborak ayblovlarni rad etib, o‘zini aybsiz hisoblashini aytgandi.

U bilan birga mahkama o‘ngida ikki o‘g‘li, Ala va Gamal ham namoyon bo‘ldilar. Ularga korruptsiyada ayblar qo‘yilgan. Ular ham ayblovlarni rad etganlar.

Mahkama binosi atrofida xavfsizlikni ta‘minlash uchun yuzlab politsiya xodimlari joylashtirildi.

Husni Muborakning qator tarafdorlari mahkama binosi o‘ngida yig‘ilib, "Muborak o‘lguncha Misrda qoladi", "Muborak Saddam emas" degan shiorlarni aytib chiqqanlar.

Namoyishlarda halok bo‘lganlarning yaqinlari nomidan himoyachilar janob Muborakning hodisalar vaqtida bergan buyruqlari tafsilotlari oshkor etilishini talab qilmoqdalar.

Husni Muborakning himoyachilari esa hozirda mamlakatni boshqarayotgan Harbiy Kengash rahbari va 20 yildan beri Mudofaa vaziri bo‘lib kelgan feldmarshall Tantaviyning guvohlik berishini so‘ramoqdalar.

Hakam hozircha kimlar guvoh sifatida chaqirilishi kerakligi haqida bir to‘xtamga kelmagan.

Janob Muborakning himoyachilari 1600 kishini guvoh sifatida chaqirilishini so‘ragan.

Haqiqiy drama

3 avgust kuni boshlangan mahkama jarayonida tartibni ta‘minlash uchun 3 mingga yaqin askar va politsiya xodimi jalb etilgandi.

Lekin shunga qaramay mahkama ola-tasir va ba‘zida to‘polon bilan o‘tdi.

Himoyachilar hakamga o‘z so‘zlarini yetkazish uchun shovqin ko‘tarib, aytishib ketdilar.

Muxbirlarga ko‘ra, bu kabi mahkamaning boshlanishi ko‘plar uchun hayratlanarli hol edi. Misrda, va balki butun Yaqin Sharqda hech kim Husni Muborak ustidan mahkama bo‘lib o‘tishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

Yakshanba kuni esa Misrning sobiq Ichki Ishlar vaziri Habib al-Adli ham mahkama o‘ngida paydo bo‘lib, 850 namoyishchining o‘limiga aloqadorlikda ayblandi. Uning ustidan mahkama 5 sentyabr kuniga qadar qoldirildi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.