Zayd Saidov muddati 29 yilga yetkazildi

"Ehtimol, mening aybim, xorijdagi barcha mablag‘imni Tojikistonga sarflashga qaror qilganim, hamda o‘zimning do‘stlarimning investitsiyalarini jalb qilganim, aybim tojik bo‘lib tug‘ilganim bo‘lsa kerak", degan Saidov
Сурат тагсўзи, "Ehtimol, mening aybim, xorijdagi barcha mablag‘imni Tojikistonga sarflashga qaror qilganim, hamda o‘zimning do‘stlarimning investitsiyalarini jalb qilganim, aybim tojik bo‘lib tug‘ilganim bo‘lsa kerak", degan Saidov
Published

Tojikiston mahkamasi 26 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sabiq vazir va biznesmen Zayd Saidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan yangi "iqtisodiy" ish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarda ayblab oldin 20 yil berilganiga qaramasdan, mahkama Saidovga yana uch yil muddat qo‘shgan va barcha mol-mulkini musodara etishga hukm chiqargan.

Tojik qonunlariga ko‘ra, eng uzoq muddat 30 yildan oshmasligi kerak. Yangi hukmga binoan, Zayd Saidovning jami jazo muddati 29 yilga teng.

Davlat qoralovchisi Saidovga 25 yil qamoq jazosi, 34 mln somoni jarima va bor mol-mulkini davlat hisobiga o‘tkazishni so‘ragan edi.

Saidovga "Dushanbe Plaza" kompleksini qurilishida hujjatlarni soxtalashtirish va u sanoat vaziri bo‘lgan davrda "Tojikatlas" hissadorlik birlashmasini noqonuniy o‘zlashtirish ayblovlari ilgari surilgan.

Mahkama jarayoni yopiq tarzda o‘tkazilganini aytgan Saidovning yaqinlari.

Janob Saidov o‘zining 100 sahifadan iborat chiqish matnini uch kun davomida o‘qib bergan.

Zayd Saidov mahkamada hozirgi jarayon oldingi ayblovning mantiqiy davomi ekanini aytgan. "Ehtimol, mening aybim, xorijdagi barcha mablag‘imni Tojikistonga sarflashga qaror qilganim, hamda o‘zimning do‘stlarimning investitsiyalarini jalb qilganim bo‘lsa kerak", degan va mashhur tojik shoiri Loyiq Sheralining "Mening aybim tojik bo‘lib tug‘ilganim bo‘lsa kerak", degan satrlarini keltirgan.

Zayd Saidov bu safar ham o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad qilgan va o‘zining barcha mablag‘ini Sanoat vaziri vazifasiga kelmasidan oldin, hali tadbirkor bo‘lganida halol ishlab topganini aytgan. Janob Saidov hakamdan bu jihatlarni e‘tiborga olishni so‘ragan.

Joriy yilning aprelida Dushanbe iqtisodiy mahkamasi Davlat moliyaviy nazorat va korruptsiyaga qarshi kurash agentligining asosiy hissalari (95 foiz) ukrainalik oligarx Dmitriy Firtashga tegishli "Guliston" hissadorlik jamiyati noqonuniy xususiylashtirilgani haqidagi arizasini qoniqtirgan. Tashkilotning 5 foiz aktsiyasi Zayd Saidovning o‘g‘li Xayrulla Saidovniki bo‘lgan.

Shuningdek, iyun oyida Xatlon viloyat iqtisodiy mahkamasi 75 foiz aktsiyasi ukrainalik biznesmen Firtashga tegishli "Tojik Azot" ning hissalari noqonuniy egallab olingani haqida Tojikiston aksilkorruptsiya agentligining arizasiga ham ijobiy javob qaytargan.

Zayd Saidov 2013 yil dekabrda jinsiy zo‘rlash, ko‘p xotinlik, poraxo‘rlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor topilib, 26 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Inson haqlari faollari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni muxoliflariga nisbatan toqatsizlikda ayblashgan hamda Zayd Saidovga nisbatan mahkama siyosiy mazmunda ekanini aytib, Tojikiston hukumatidan uni ozod qilinishini talab qilib chiqishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio