"TeliaSonera majburiy mehnatga endi homiylik qilmaydi"

Сурат манбаси, BBC World Service
Shvetsiyaning TeliaSonera shirkati O‘zbekistonda bu yilgi paxta yig‘im terimida majburiy mehnatga homiylik qilmasligini bildirdi.
Mamlakat Axborot agentligi xabar berishicha, TeliaSonera shirkati o‘tgan kuzda O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terimi mavsumida homiylik qilishi orqasida huquq faollari va shved siyosatchilari tomonidan tanqidlarga uchragani bois shunday qarorga kelingan.
TeliaSonera shirkatiga ko‘ra, uning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi operatori 2012 yildan beri u yoki bu darajada paxta mavsumi payti homiylik ishlarini bajargan.
2014 yilgi mavsumda esa ishchilarning oziq-ovqati uchun homiylik tariqasida 50 ming AQSh dollari miqdorida pul ajratgani huquq faollari tomonidan O‘zbekistonda majburiy mehnatni rag‘batlantirish deya baholangan va tanqid ostiga olingan. Shuningdek, bu xorijiy shirkatning O‘zbekistonda majburiy mehnatni quvvatlayotgani haqida dastlabki xabar bo‘lgan.
Bundan tashqari Ucell ga raqib O‘zbekistondagi VimpelCom shirkati ham paxta terimini tashkil qilishga mablag‘ ajratgani aytilgan. VimpelCom O‘zbekistondagi Beeline mobil operatorining egasidir.
TeliaSonera asosiy hissadorining ma‘lum qilishicha, shirkat bunday buyon bunday kampaniyalarga qatnashmaslikka qaror beradi.
"Mahalliy hukumatlar shirkatning yangi siyosatidan xabardor bo‘lmasliklari mumkin, biroq ular shu borada Ucellga murojaat qilishsa, rad javobini oladilar", degan shirkat vakili Maykl Albert. Teliasonera ilgari muammo kelib chiqmasligi uchun, qonun talab qilmasa ham, bunday amallarda qatnashishga ro‘g‘ri kelgan. Shirkat endi bunday loyihalardan uzoq turadi, deydi Albert janoblari.
O‘zbekistonda paxta terimi dunyodagi muntazam davom etadigan yirik majburiy mehnat kampaniyasi deb atalgan.
O‘tgan yilda ham majburiy mehnatga jalb qilinganlarning sharoiti achinarli bo‘lgan, deb yozadi inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek-olmon forumi.
Qariyb bir million ishchi arzimagan ish haqi evaziga majburiy mehnatga jalb qilinganlar.
Ishchilar isitilmagan, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan tor va iflos xonalarda yashab, dam olish kunlari doxil, ikki oy davomida har kuni 10-16 soatlab ishlaganlar.
O‘tgan yil paxta mavsumi davomida oshkor bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra, 17 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 13-17 yoshli o‘smirlar o‘qishdan qoldirilib, paxta terimiga olib chiqilganlar.
Yana ma‘lum bo‘lishicha, TeliaSonera o‘tgan yil kuzda 2000 ga yaqin, so‘ngra 25 ta bepul mobil ulanishlarni amalga oshirgan, balki mahalliy hukumatga pora bergan. Bundan keyin bu kabi holatlar yuz berishi mumkin emas, deb ma‘lum qiladi shirkat rasmiysi Maykl Albert jurnalistlarga.

Ayni paytda ham Shvetsiya prokuraturasi TeliSonera O‘zbekistonda litsenziya olish uchun Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga kamida 350 million AQSh dollari miqdorida pora bergani yuzasidan tergov ishlari davom etayapti.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio




























