Momolar suprasidan: G‘ilvindi

Published
Ўқилиш вақти: 1 дақ

G‘ilvindi - qariyb unutilayozgan va ko‘pchilikka noma‘lum supra taomi.

Bu shirin pishiriq uch muhim bosqichda tayyorlanadi. Shu bois uni uchpishar ham deyishadi.

Un, sut, yog‘, qaymoq va biroz shakardan tayyorlanadigan g‘ilvindi pishirishni siz bilan baham ko‘ramiz.

O‘zbek momolari asrlar bo‘yi tayyorlab kelgan oddiy taomlarni sog‘ingan bo‘lsangiz yo ularni o‘zingiz pishirishni istasangiz, marhamat, videolavhamizni tomosha qiling.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002