Ugo Chavesning hayoti suratlarda

Сўнгги янгиланиш 6 март 2013 - 15:45 GMT
  • Ugo Chaves Lotin Amerikasidagi eng yorqin va shaxsi munozarali rahbarlardan biri edi. Sobiq havo desanti 1992 yil muvaffaqiyatsiz yakun topgan davlat to‘ntarishiga boshchilik qilishi ortidan e‘tiborga tushgandi.
  • Chaves Prezident Karlos Andres Perez hukumatini ag‘darishga urinishi ortidan 2 yil qamoqda o‘tiradi. Avf etilganidan so‘ng ozodlikka chiqqach, o‘zining Beshinchi Respublika Harakati partiyasi ishini qayta jonlantiradi. Shu alfoz askar Ugo Chaves siyosatchiga aylanadi.
  • 1998 yil Chaves janoblari Venesuela siyosatida seysmik o‘zgarish yasaydi. Iqtisodiy muammolardan charchagan ommaning an‘anaviy siyosiy elitaga qarshi g‘azabi uni Prezident sifatida qudratga kelishiga hissa qo‘shadi.
  • Janob Chaves qudratga kelgan paytda Venesuela eski tizimi parokandalikka uchrayotgandi. U "inqilobiy" ijtimoiy siyosatni yo‘lga qo‘yishga va‘da beradi. Shuningdek, u eski tuzum "oligarxlari"ni xalqaro kapitalizmning korruptsiyalashgan xizmatkorlari sifatida qoralaydi.
  • Chavez janoblari ko‘zga ko‘ringan notiq ham edi. U o‘z chiqishlarida cherkov rahbarlarini ham nishonga olgan va ularni qashshoqlarni chetga surib, boy-badavlat odamlarni himoya qilishda ayblagandi.
  • Vashington bilan munosabatlar Bush ma‘muriyatini "terrorga terror bilan kurashayotgan"likda ayblashi ortidan yana bir bor eng quyi nuqtasiga yetgandi. Ugo Chavesning tanqidlari 2001 yil 11 sentyabr hujumlari ortidan Afg‘onistonga qarshi urush ochilishi ortidan yangragan. Ayni paytda janob Chaves 2002 yilgi o‘ziga qarshi qisqa davom etgan davlat to‘ntarishi fitnasida ham Amerikani ayblagandi.
  • U qator noroziliklardan omon chiqqan va ikki yil o‘tgach, referendum orqali o‘z mavqeini yana mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgandi.
  • Chaves janoblari rahbarligida hukumat ta‘lim va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash doxil qator ijtimoiy dasturlarni yo‘lga qo‘ygan. Biroq, mamlakat neftga boy bo‘lishiga qaramay, qashshoqlik va ishsizlik keng yoyilgan.
  • 2006 yil Chaves janoblari qayta davlat rahbari etib saylanadi.
  • Ammo, 2007 yil u prezidentga bir umrlik vakolatlar berishga oid referendumda muvaffaqiyat qozona olmagandi.
  • 2009 Venesuela navbatdagi referendumni o‘tkazib, Ugo Chavesga yana bir prezidentlik saylovlarida ishtirok etish imkonini beruvchi konstitutsion o‘zgarish yasaydi.
  • 2011 yil iyun oyida Prezident Chaves xalqiga saratonga qarshi muolija olayotganini ma‘lum qildi. Kubaga bir necha safarlari davomida u jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirdi. Biroq, Ugo Chavesning aynan qanday saraton bilan og‘rigani ochiqlanmadi
  • 2012 yil avgustida Venesuelaning eng yirik neftni qayta ishlovchi korxonasida portlash yuz berdi va 42 inson hayotdan ko‘z yumdi. Chaves janoblari mamlakatda 3 kunlik motam e‘lon qildi.
  • 2012 yil oktyabrida janob Chaves yana bir bor 6 yillik muddat bilan prezident etib saylandi.
  • Saratonga qarshi 18 oylik kurashidan so‘ng, 2012 yil dekabrida Chaves janoblari salomatligi o‘z ishini davom ettirishga yo‘l qo‘ymayotiga ishora qildi. U Kubaga to‘rtinchi bor jarrohlik amaliyoti uchun qaytib bordi.
  • Ugo Chavesning o‘limi borasidagi xabar vitse-prezidenti tarafidan 5 mart kuni e‘lon qilindi. Bu esa, mamlakat ko‘chalarida qayg‘uga sabab bo‘ldi.
  • Chaves janoblarining tarafdorlari u olamdan o‘tgan Karakas shifoxonasi tashqarisiga to‘planishgan va "Biz barchamiz Chavesmiz", deya xitob qilishgan.

Videos and Photos

BBC © 2014BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.