O‘zbekistonda narx oshishi odamlarga yangilik emas

Narx-navoning oshishi aholi uchun yangilik bo‘lmay qolgan
Сурат тагсўзи, Narx-navoning oshishi aholi uchun yangilik bo‘lmay qolgan
Published

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shu yilning 1 avgustidan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish haqida farmon chiqargan.

Prezident farmoniga ko‘ra, mamlakatda eng kam ish haqi 72 355 so‘m qilib belgilangan.

Bu "qora bozor" kursida 25 AQSh dollariga teng degani.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda eng kam maosh 62920 so‘m so‘m etib belgilangan, mamlakat rahbarining farmoniga ko‘ra, maoshlar o‘rtacha 1,15 baravarga oshadi.

1 avgustdan O‘zbekistonda yoshga doir pensiya hamda bolalikdan nogiron insonlarning oylik nafaqasi miqdori eng kamida 141 520 so‘m yoki yana "bozor qiymati"da 40 dollarni tashkil etadi.

Ayni paytda eng kam pensiya va nafaqa 123060 so‘m bo‘lib hisoblanadi.

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa va ishga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar - oyiga 86 835 so‘m qilib belgilangan.

Prezident farmonida maosh va nafaqalar "aholining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida" oshirilayotgani ta‘kidlangan.

Ammo O‘zbekistonda eng oz maosh va pensiyalar miqdori oshirilishi haqidagi xabarning paydo bo‘lishiyoq narx-navo ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lishi tabiiy holga aylangan.

Oddiy odamlar ish haqlari oshirilishi haqidagi xabarni quvonch bilan qarshi olishmaydi.

Avvalgi yillarda eng kam ish haqi ko‘paytirilganidan keyin jamoat transporti yoki kommunal xizmatlar ayrim turlari uchun haqlar ikki baravarga oshgani kuzatilgan.

Bu qimmatlashuvlar ko‘p hollarda prezident farmonida ko‘zda tutilgan oshirilgan maoshni ishchi-xizmatchilar o‘z qo‘llariga olmasdan turib yuz bergan.

O‘zbekistonda ish haqlari oxirgi marta 2011 yilning dekabrida oshirilgan edi.