Rasmiy matbuot Prezident Karimovning suratlarini "yoshartirmoqda"

Сурат манбаси, AFP
Prezident Islom Karimovning Surxondaryo viloyatiga safari tafsilotlarini yoritgan O‘zbekistonning davlat axborot agentligi O‘zA prezidentning yaxshilab sayqal berilgan yoki suratkashlar tilida retushlangan suratini chop etgan.
So‘nggi paytlarda 74 yoshli davlat rahbarining suratlari rasmiy matbuotda, mutaxascislarga ko‘ra, haddan tashqari qattiq retush qilinayotgani ko‘zga bo‘rtib tashlanadi.
Sho‘ro davrida qartayib qolgan Politbyuro rahbarlarining qanday retush qilingani siyosiy latifalar mavzusi bo‘lgan.
Biz latifalarni bir chetga qo‘yib, Prezident Karimovning fotosuratlari qanchalik retush qilinayotgani haqida mutaxassis fikrini bilishga urindik.
Hozirda taniqli inson huquqlari himoyachisi Sur‘at Ikromov o‘tmishda fotomuxbir sifatida respublikaning ko‘pgina yetakchi ro‘znomalari bilan hamkorlik qilgan.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda sovet fotojurnalistikasining eng yaxshi an‘analari hanuz davom ettirilmoqda.

























