Video - Karimovning sobiq matbuot kotibi: "Yoʻq yerdan Quyosh yaratyapmiz"

Видео тагсўзи, Karimovning sobiq matbuot kotibi: "Yoʻq yerdan Quyosh yaratyapmiz"
Published

30 yanvar kuni Oʻzbekistonda marhum prezident Islom Karimovni xotirlash marosimlari boʻlib oʻtgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Islom Karimov qabriga gul qoʻygan.

Oʻzbekiston televideniyesi Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan maxsus hujjatli filmni namoyish etgan.

Karimov hayot boʻlganida 79 yoshga toʻlgan boʻlardi.

Oʻzbekistonni chorak asr davomida boshqargan Islom Karimovning siyosiy merosi mamlakat ichkarisi va tashqarisida turlicha baholanadi.

Prezident Mirziyoyev oʻz chiqishlarida Karimov boshqaruvi davrida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tartibni keskin tanqid qilmoqda, ammo hozirgacha marhum prezidentning oʻzi tanqidlardan chetda qolayotir.

BBC oʻtmishda Prezident matbuot xizmatini boshqargan taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev bilan suhbatlashgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring